Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin razvedka maktabidagi laqabi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi haqida ma'lumot berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin razvedka maktabidagi laqabi haqida ma'lumot berdi. Putinning Sochidagi “Sirius” ta'lim markazi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvda ma'lum qilishicha, uning laqabi Platov bo‘lgan.
“Razvedka maktabida o‘qiganimda, mening laqabim “Platov” bo‘lgan. Barchada laqablar bor edi, sababi ish shunday, bu maxfiy faoliyat bilan bog‘liq”, - degan prezident.
Shuningdek, Putinning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi.
“Menda og‘ir ish kuni shunchalik kech tugaydiki, Instagram uchun vaqt ham qolmaydi”, - deya ta'kidlab o‘tgan u.
Uning aniqlik kiritishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi bironta sahifaga aloqasi yo‘q.
Rossiya prezidenti hayotidagi uchta eng asosiy boylikni ham oshkor qildi.
“Birinchisi – hayotning o‘zi. Bu eng katta boylik. Muhabbat va erkinlik”, - degan Putin.
Mavzuga oid
08:33 / 08.05.2026
Yevropa Ittifoqi Putin bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda
08:18 / 08.05.2026
Zelenskiy xorijiy siyosatchilarni Moskvada 9 may bayramini nishonlashdan tiyilishga chaqirdi
21:50 / 07.05.2026
Rossiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan «ma’no ko‘rmayapti»
20:24 / 07.05.2026