Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilişiça, Moskva KXDRda rejimni özgartirişga qarşi çiqmoqda. U bu haqda NBC News’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Biz rejimlar özgarişiga, ular qayerda bölmasin, işonmaymiz», - deya KXDR bilan boğliq vaziyatga izoh bergan Sergey Lavrovning sözlarini keltiradi «Interfaks».
Rossiya TIV rahbarining ta'kidlaşiça, rus harbiylarining obektiv ma'lumotiga köra, Pxenyan tomonidan yaqinda uçirilgan raketa qit'alararo bölmagan.
Avvalroq AQŞ öz fuqarolariga Şimoliy Koreyaga borişni taqiqlab qöymoqçi ekani xabar qilingandi.

















