«Samarqand viloyati, Payariq tumani, “Xöja Ismoil” MFYda odamlar çaylada uxlamoqda», degan gaplar bilan boşlanuvçi murojaat tahririyatimizga kelib tuşdi. Yuqorida tilga olingan manzilda istiqomat qiluvçi A.Yöldoşev nomidan kelgan murojaatga köra, tumandagi Imom al-Buxoriy ziyoratgohi atrofini obodonlaştiriş vajidan yöl ustidagi ayrim xonadonlar buzilgan va hanuzgaça uy egalariga tovon puli tölanmayapti.
Vaziyatni örganiş maqsadida Xöja Ismoil qişloğiga yöl oldim. Samarqand – Çelak yölidan öngga — Imom al-Buxoriy ziyoratgohiga burilişingiz hamono yölning ikki çetida quriliş işlari qizğin borayotganiga guvoh bölasiz. Yöl çetida 2 qavatli 4 sotixli kottejlar, köp qavatli uylar barpo etilmoqda. Ehhe, bu qurilişlar tugasa, bu yerlar hali kişining bahri dili oçiladigan gözal maskan bölişiga şubha yöq...
Ammo A.Yöldoşev körsatgan manzilga yetib borganimda, murojaatda aytilganidek, yölning oxirida öng tomonidagi 9 ta xonadonga tegişli uylar ham qisman buzilganiga guvoh böldim va xonadon sohiblarining kayfiyatini yaxşi deb bölmaydi, aslo. Xonadon egalari — ularning orasida yoşlariyam, nuroniylari ham bor, «bizning muammomizni hal qilib bera olasizmi?», deb möltirab turişibdi. Heç kimning uyi buzilmasin ekan, özi aslida…


1 iyulda xonadon egalariga uylarini buziş zaruriyati haqida tuman hokimining birinçi örinbosari Ş.Toşpölatov nomidan ogohlantiriş xati berilgan. Xonadon egalari mardikor yollab, ayrimlari şunga ham ortiqça mablağ sarflamasdan, öz oilasining kuçi bilan aytilgan muddatda uylarni buzişgan. 10 iyul kuni ularga yangi yer maydonidan yer ajratib berilgan.


Uylari buzilgan va hanuzgaça buzilgan uylari uçun pul ololmagan xonadon egalarining aytişiça, yölning narigi çetida ham barpo etilajak Imom Buxoriy hadislar maktabi va ilmiy tadqiqotlar markazi örni uçun 33 ta xonadon buzilgan va ularga allaqaçon davlat tomonidan tovon puli tölab ham bölingan. Bu uylarning egalari ayni paytda davlat ajratib bergan yangi joyda uy barpo etiş bilan maşğul. Hokimlik yangi yer uçastkasini elektr simyoğoçlari, transformator podstansiyasi bilan ta'minlab, elektr toki ham tortib bergan.

























