Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, 2018 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish yoki etmasligini haligacha hal qilmagan.
U bu haqda Sochidagi “Sirius” ta'lim markazi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv davomida aytib o‘tgan.
“Bu lavozimda ishimni davom ettirishim kerakligi borasida hozircha bir qarorga kelmadim, hali o‘ylab ko‘raman. Yaxshi bilasiz, 2018 yilda saylovlar. Saylov kampaniyasining boshlanishiga hali vaqt bor, shuning uchun ko‘ramiz”, - degan Putin.
Avvalroq Putin razvedka maktabidagi laqabi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi haqida ma'lumot bergani xabar qilingandi.











