Turkiya prezidenti Fors körfazining uç davlatiga uyuştiradigan taşrifidan avval matbuot anjumani ötkazdi, deb xabar beradi Anadolu axborot agentligi.
Turkiyaning Fors körfazidagi döstona davlatlar bilan munosabatlarida muammo va murakkabliklar bölişini qabul qiliş qiyin, deb hisoblaydi, degan prezident Rajab Toyyib Erdöğan Fors körfazining uç davlatiga uyuştiradigan taşrifidan avval ötkazilgan matbuot anjumanida.
Turne davomida Turkiya davlat rahbari avval Saudiya Arabistonida töxtaydi, keyin Kuvayt va Qatarga yöl oladi.
Erdöğanning sözlariga köra, Anqara mintaqada sodir bölayotgan sönggi voqealarda çuqur taassufda.
«Bugungi kunda butun dunyo musulmonlari birlik va hamjihatlikka avvalgilardan ham köra köproq muhtoj bölib turibdi. Suriya, Iroq, Liviya va Falastin xalqlarining tortayotgan azoblarini barçamiz körib turibmiz», deya ta'kidlagan prezident, islom dunyosidagi mavjud muammolarga yanada yangilari qöşilayotganidan çuqur afsusda ekanini izhor etib.
«Bunga misol qilib Qudsi şarifdagi Al-Aqso masjidi atrofidagi voqealarni keltiriş mumkin. Keyingi kunlarda Al-Aqso masjidi bilan boğliq hurmatsizlik islom dunyosida çuqur taşviş keltirib çiqarmoqda», — degan Erdöğan.
Rajab Toyyib Erdöğanning ta'kidiga köra, Qudsdagi Al-Aqso masjidi nafaqat Falastin xalqining, balki 1,7 milliard musulmonning ham muqaddas dargohi va şa'ni hisoblanadi. «Musulmon dunyosi uşbu masjidga nisbatan joriy etilgan çeklovlarga indamasdan qarab tura olmaydi. Turkiya ham bu voqealarga keskin munosabat bildirdi», — degan prezident.
Turkiya prezidentining qayd etişiça, Qudsda huquqlarning toptalişi musulmonlar tomonidan noqonuniy harakatlarni boşlaş uçun asos bölmasligi kerak.
«Isroilning xatti-harakatlariga reaksiya mutanosib va qonunga muvofiq bölmoği lozim. Islom bizni e'tiqod erkinligi va barça din vakillarini hurmat qilişga çorlaydi. Şu sababli biz Qudsdagi, şu jumladan Al-Aqso masjidi atrofidagi tarang vaziyat tezroq yumşaşi uçun qöldan kelgan barça imkonni işga solamiz», degan Turkiya yetakçisi.
Islom hamkorlik taşkiloti (IHT) ning amaldagi rahbari sifatida Erdöğan Isroilni «tarixiy an'analar va inson haqlari»ni hurmat qilişga çaqirdi.
«Mintaqada keskinlik yanada tarqalişining oldini oliş kerak. Turkiya har doimgidek mintaqada tinçlik barqaror bölişiga öz hissasini qöşişga intiladi va birodar-falastinliklarning kuraşini qöllab-quvvatlaşga tayyor», deya ta'kidlagan prezident.

















