SAVOL: Men ayni damda Tojikistonda istiqomat qilaman, fuqaroligim ham Tojikiston fuqaroligi. Savolim şundan iboratki, men qanday qilib Özbekiston fuqaroligini olsam böladi va qayerga murojaat qilişim kerak? Ikki davlat fuqaroligi oliş mumkinmi yo faqat bitta davlat fuqaroligida bölişim şartmi?
Doston SAFAROV, Tojikiston.
JAVOB: Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 20 noyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan boğliq masalalarni körib çiqiş tartibi töğrisidagi Nizomga köra, Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qiliş uçun xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bölmagan şaxs (çet elda yaşovçi) Özbekiston Respublikasining mazkur mamlakatdagi diplomatiya va konsullik muassasalari orqali Özbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qiliş töğrisida ariza beradi. Özbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilişni xohlovçi şaxs yaşab turgan davlatda diplomatiya vakolatxonasi, konsullik muassasasi bölmagan taqdirda u Özbekiston Respublikasining Taşqi işlar vazirligiga murojaat qiladi. Iltimosnoma ifodalangan ariza, arizaçining ajnabiy fuqarolikdan voz keçganligini yoki uning fuqaroligi yöqligini tasdiqlovçi hujjat, tarjimai holiga doir ma'lumotlar Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tasdiqlagan şakldagi sörovnomalarda uç nusxada bayon etiladi. Unga arizaçining fotosuratlari va salomatligi haqidagi ma'lumotnomalar, jumladan, OITSga qarşi tekşiruvdan ötganligi töğrisidagi qayd ilova qilinadi. Arizaçi arizani taqdim etilgan sanani körsatib imzolaydi.
Özbekiston Respublikasining Fuqaroligi töğrisidagi qonuning 17-moddasiga köra Özbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qiliş şartlari quyidagilardan iborat:
1). Çet el fuqaroligidan voz keçiş;
2). Sönggi beş yil davomida Özbekiston Respublikasi hududida doimiy yaşaganlik.
Uşbu qoida Özbekiston Respublikasining fuqarosi böliş istagini bildirgan şaxslarga, başarti ular şu yerda tuğilgan va heç bölmasa ota-onasidan biri, buvasi yoki buvisi Özbekiston Respublikasi hududida tuğilganligini va boşqa davlatlarning fuqarosi emasligini isbotlasa, taalluqli bölmaydi;
3). Qonuniy tirikçilik manbalarining mavjudligi;
4). Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan oliş va bajariş.
Savolga huquqşunos Sardor Ne'matjonov javob berdi.

















