Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda qurollangan guruh rossiyalik tadbirkorlarga hujum qildi
Qozog‘iston g‘arbida rossiyalik tadbirkorlarga hujum uyushtirishda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Oqto‘bada 2017 yilning 22 iyul kuniga o‘tar kechasi uch jinoyatchidan iborat qurollangan guruh Qozog‘iston fuqarosi va Rossiyaning ikki nafar fuqarosiga hujum qildi. Ular zargarlik buyumlarini sotish bilan bog‘liq bo‘lgan biznesni yuritishgan. Jinoyatchilar xonadonga ikkinchi qavatdagi deraza orqali kirib, to‘pponcha bilan tahdid qilgan va pullar hamda qimmatbaho buyumlar joylangan seyfni berishni talab qilishgan», - deya xabar qildi Oqto‘ba ichki ishlar departamenti.
Jinoyatchilar qo‘lga olish chog‘ida qarshilik ko‘rsatib, qurolni qo‘llashgan. Hodisa oqibatida politsiyachilar jabrlanmadi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025