21 iyul kuni saytimizda Samarqand viloyati, Payariq tumani, «Xöja Ismoil» MFYda yaşovçi uyi buzilgan fuqarolar duç kelgan ayrim muammolar yuzasidan «Imom Buxoriy majmuasi yaqinida uyi buzilgan oilalar tovon puli olişolmayapti» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

Muammo yuzasidan Payariq tuman hokimining örinbosari Şavkat Toşpölatovga qönğiroq qilganimizda, u haqiqatdan ham haligaça uy egalariga pul berilmagani, pul tuman byudjyeti tomonidan ajratilişini ta'kidlagan edi. Hokim örinbosari tuman byudjyetidan ayni damda şu maqsad uçun mablağ ajratilgani, buzilgan uylar 850 million sömga baholanganini bildirib, bu borada hozir Respublikaning ruxsati kutib turilgani, 1–2 kunda fuqarolarga mablağ ajratilişini aytgan edi.

Uşbu voqea yuzasidan tahririyatimizga murojaat qilgan A.Yöldoşevning qönğiroq qilib bildirişiça, tuman hokimi, senator A.Jörayev 22 iyul kuni fuqarolar bilan uçraşgan va ularning taşvişlantirayotgan muammo albatta bugun-erta hal bölişini bildirgan. Payariq tumanidagi mutasaddi rahbarlar bugun oilalarga 850 million sömga yaqin tovon pulini töliq topşirişgan.

«Qişloğimizda bayram bölib ketdi, odamlar sizlardan ham, murojaatimizga «labbay» deb javob bergan mutasaddi rahbarlarimizdan ham xursand, ertadan hamma yangi vatanini qurişga kirişadi», deya öz minnatdorçiligini bildiradi A.Yöldoşev.