Davlat rahbarining topşiriğiga muvofiq Özbekiston Iqtisodiyot vazirligi özining rasmiy veb-sayti, ommabop ijtimoiy tarmoqlar hamda boşqa internet-naşrlarga joylaştirilgan maxsus sörov şakli orqali tadbirkorlarning öz faoliyatidagi muammoli masalalarni yeçişga hamda Özbekiston hududlarida işbilarmonlik muhiti holatini sifat jihatidan yaxşilaşga qaratilgan taklif va mulohazalarni örganib çiqmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bir haftadan kam bölgan muddat içida tadbirkorlardan qonunçilikdagi nomutanosibliklar hamda tadbirkorlikning rivojlaniş yölidagi tizimli muammolarni bartaraf etiş böyiça 80 dan ortiq takliflar kelib tuşdi. Mazkur holat ularning aniq çora-tadbirlarni işlab çiqişda faol hamda konstruktiv munosabatda ekanligidan dalolat beradi.
Kelib tuşgan takliflarning köpçiligi, eng avvalo, bank sohasidagi muammolarni yeçişga qaratilgan. Tadbirkorlar bank operatsiyalari böyiça vositaçilik haqi miqdorining yuqoriligini körsatişmoqda. Masalan, xorazmlik tadbirkor tomonidan kredit olişda taqdim etilgan hujjatlarni kredit komissiyasi körib çiqişi uçun qöşimça haq olinişi, şuningdek garov ta'minotini suğurtalaş hamda uni baholaş, kredit hujjatlarini notarial tasdiqlaş va boşqa jarayonlar uçun ketgan xarajatlarni tadbirkorlar tomonidan qoplanişi lozimligi qayd etilgan.
Şu bilan bir qatorda, tijorat banklariga moliyaviy kömak sörab murojaat qilayotgan tadbirkorlarga jiddiy moliyaviy yuk bölayotgan sabablar qatorida tijorat banklari tomonidan mablağlarni konvertatsiya qiliş, akkreditivlarni oçiş, konvertatsiya qilingan mablağlarni çet ellik hamkorlarning hisob raqamlariga ötkaziş va boşqa xizmatlar uçun abonent tölovlari hamda boşqa vositaçilik foizlari örnatilganligi sanab ötilgan.
Bundan taşqari, tadbirkorlar biznes faoliyatini yuritiş uçun arzon moliyaviy resurslar yetişmayotganligini qayd etib, tijorat banklari bilan raqobatlaşa oladigan moliyaviy institutlarning mavjud emasligini körsatişmoqda. Mazkur holatni bartaraf etiş uçun respondentlar tijorat banklariga haqiqiy raqobatçiga aylanuvçi kredit uyuşmalarining faoliyatlarini tiklaşni taklif etmoqdalar. Bu esa öz navbatida, kreditdan foydalaniş uçun foiz stavkalarini kamayişiga sabab böladi. Şuningdek, sörov qatnaşçilarining mulohazalariga köra, tijorat banklari tomonidan ular tavsiya etgan baholovçi taşkilotning baholaş töğrisidagi hisobotini talab qilmasdan yoki baholangan garov ta'minotining qiymatini özlarining xohişiga köra kamaytirmasdan mustaqil baholovçi taşkilotlarning baholaş töğrisidagi hisobotlarini banklar tomonidan sözsiz qabul qilinişiga erişiş lozim.

















