Dunyo shunday tuzilganki, unda turli insonlarning hududlarini ajratib turuvchi, xayoliy yoki ko‘z bilan ilg‘ash mumkin chegaralar mavjud. Davlat chegaralari — ularning eng sezilarlisidir. Uni turlicha kesib o‘tish mumkin: pasportingizda bir talay vizalar bilan yoki demarkatsiya chizig‘ini bildirmasdan bosib. Quyida Trendymen.ru tomonidan tayyorlangan, 10ta eng g‘alati chegara haqidagi ma'lumot qo‘shni davlatlarning munosabatlari haqida har qanday so‘zlardan ko‘ra yaxshiroq tushuncha beradi.

 

Bolgariya - Ruminiya

Davlat chegarasi har doim ham uning ikki tomonida yashovchi insonlarni ajratib qo‘ya qolmaydi, lekin usiz yashab ham bo‘lmaydi. Suratda Bolgariya (chapda) va Ruminiya (o‘ngda) chegarasi qush parvozi balandligidan turib qurollanmagan ko‘z bilan shakl va mazmun jihatidan farqlanmoqda.

 

Hindiston - Pokiston

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi chegara tantanavor darvoza shaklida yasalgan va undan rasmiy tadbirlar hamda harbiy o‘quv mashqlarida foydalaniladi. Chegarada uchrashish marosimi azaliy an'ana hisoblanadi va ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlarini namoyish etib beradi. Vagah marosimi 1959 yildan buyon ikki tomondan askarlar ishtirokida har kuni bo‘lib o‘tadi va tungi vaqtda bayroqlarning tushirilishi bilan yakun topadi.

 

Italiya - Fransiya

Xalqaro kosmik stansiya bortidan olingan ushbu surat Italiyaning Turin shahri va Fransiyaning Lion shahriga yondosh hududlarni qamrab olgan. Ularning o‘rtasiga tabiiy chegara bo‘lib Alp tog‘lari tushgan, uning cho‘qqilari bo‘ylab davlat chegarasi o‘tgan. Alp tog‘lari umumiy hisobda sakkiz davlat: Fransiya, Monako, Italiya, Shveytsariya, Lixtenshteyn, Germaniya, Avstriya va Sloveniya uchun chegara bo‘lib xizmat qiladi.

 

Haiti - Dominikana