Venesuelada 26 iyulda muxolifat tomondan e'lon qilingan fuqarolik iş taşlaşi boşlanadi va 48 soat davom etişi kerak.
Tadbirning "Demokratik birdamlik davra stoli" muxolif blokidan taşkilotçilari tadbir 30 iyulga rejalaştirilgan milliy ta'sis yiğiniga saylovlarga bağişlanganini aytişgan. Ikki kunlik iş taşlaşdan keyin, 28 iyulga "Karakas şturmi" aksiyasi ötkazilişi belgilangan. Bu aksiya davomida muxolifat mamlakatning turli qismlaridagi odamlarni poytaxtga yöl olib, yiğin çaqirtirilişini talab qilişga çorlamoqçi. Hukumat tomondan javob bölmagan taqdirda muxolifat 29 va 30 iyulga noroziliklar ötkazişga va'da bermoqda.
Ta'sis yiğini konstitutsiya islohotini tayyorlaş bilan şuğullanişi kerak. Uning loyihasini umummilliy referendumga olib çiqiş kutilmoqda. Muxolifatning fikriça, bunda gap konstitutsiya buzilişi haqida ketmoqda, yiğinni çaqirtiriş qarori esa referendumda qabul qilinişi kerak.
25 iyulda Venesuela işçilari konfederatsiyasining Ansoategi ştatidagi boş kotibi Manuel Kiros taşkilot muxolifat iş taşlaşiga qöşilişini ma'lum qilgan.
Aprel boşidan Venesuelada oliy sudning muxolif milliy assambleya hokimiyatini jiddiy çeklaş qaroridan keyin ommaviy norozilik tadbirlari ötmoqda. Uşbu qaror bekor qilingan, biroq muxolifat tarafdorlari sud a'zolarini iste'foga ketkaziş va muddatdan avvalgi saylovlar ötkazilişini talab qilmoqdalar. Endi ular ta'sis yiğini çaqirtirilişiga ham qarşi çiqmoqdalar. Oxirgi ma'lumotlarga köra, noroziliklar davomida halok bölganlarning umumiy soni 100 kişini taşkil qilgan.

















