FourFourTwo jurnali öz talqiniga barça davrlarning eng yaxşi 100 nafar futbolçilari reytingini tuzib çiqdi.
Hozirgaça jurnal. 100-örindan 18-öringa qadar bölgan nomlarni e'lon qilişga ulgurdi. TOP-20likka qadar jurnal har önta futbolçilar bilan taniştirib kelayotgandi. Şu kunga qadar tuzib çiqilgan röyxatdan eng yoş futbolçi sifatida Neymar örin olgan bölsa, şuningdek Zlatan Ibrahimoviç, Rayan Giggz, Roberto Karlos kabi bugungi va yaqin ötmişning yulduzlarini uçratiş mumkin.
Darvozabonlar örtasida yagona oltin töp sohibi sifatida e'tirof etib kelinayotgan Sobiq Ittifoq terma jamoasi futbolçisi, 1956 yilgi olimpiada çempioni, 1960 yilgi Yevropa çempioni Lev Yaşin reytingda 22-örindan joy olgan. Paolo Maldini esa kuçli 20talikni boşlab bergan.
















