Pokiston Oliy sudi mamlakat boş vaziri Navoz Şarif hokimiyatdan çetlatilgani haqida ma'lum qildi. Bunga sabab – uning oila a'zolariga korrupsiya bilan boğliq jinoyatlar böyiça ayblov qöyilgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Avvalroq Şarifning qarindoşlari ismlari “Panama hujjatlari”da paydo bölgandi: OAVda boş vazir oilasining offşor kompaniyalar bilan aloqalari haqida ma'lumotlar tarqaldi.
Ta'kidlanişiça, boş vazirni hokimiyatdan çetlatiş haqidagi qaror bir ovozdan qabul qilingan. Bundan taşqari, RIA Novosti’ning xabar berişiça, sud boş vazirga nisbatan jinoyat işini oçiş haqida qaror qabul qilgan.
Eslatib ötamiz, Navoz Şarif Pokiston boş vaziri lavozimini 2013 yilning iyunida egallagan.













