Jamiyat | 18:44 / 28.07.2017
7388
2 daqiqa o‘qiladi

Turin politexnika universitetini bitirgan yigit o‘qishga kiritish va'dasi bilan 15 mln so‘mni olayotgan paytda ushlandi

Navoiy viloyati “Akbars Research And Development” MChJ boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Akbarjon Po‘latov Toshkentdagi Turin politexnika universiteti “Energetika” mutaxassisligini 2015 yilda bitirgan, deb yozmoqda Kruz.uz “Yerkin Qaraqalpaqstan” nashriga asosan.

Biroq, u yuqori ma'lumotli ekanini yashirib, Navoiy konchilik kolleji diplomi bilan Qoraqalpoq davlat universitetining “Elektrotexnika” yo‘nalishiga hujjat topshirib, harakatdagi qonun talablarining tegishli bo‘lim va bandidagi talablarini bila turib, qo‘pol ravishda buzishga yo‘l qo‘ygan.

Nukus shahridagi kichik tumanlarning biridan ijaraga kvartira olib, testga tayyorgarlik ko‘rayotgan A.Po‘latov bu yerda Nukus shahrili  talaba yigitlar Islam Abdiramanov va Nurulla Niyetullayevlar bilan tanishadi hamda “bel og‘ritmay” mo‘may daromad orttirishni ko‘zlab jinoiy rejalar tuzdi.

Shu tariqa,  ular S.Xodjaniyazovning Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining “Texnika” fakultetiga hujjat topshirganidan xabar topib, uni o‘zlarining yuqori lavozimda ishlaydigan tanishlari orqali davlat granti asosida o‘qishga kiritishga va'da qilib, aldov yo‘li bilan 15 million so‘m pulni olayotganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid