Pokistonning eng yirik Panjob viloyati rahbari Şohboz Şarif nomzodi hukmron “Pokiston Musulmon ligasi” partiyasinig 4 soatlik norasmiy majlisida tasdiqlandi. Kengaşni partiya rahbari va Vazirlar mahkamasining sobiq raisi Navoz Şarif olib bordi, deb yozmoqda Dawn naşri.

Şohboz Şarif boş vazirlik lavozimini egallaşi uçun Panjob viloyat assambleyasida deputatlik kursisidan voz keçişi kerak. Şundan söng, parlament quyi palatasi Milliy assambleya saylovoldi jarayonida qatnaşadi. Buning uçun “Pokiston Musulmon ligasi”ning Milliy assambleyadagi a'zolaridan biri, an'anaga köra, öz xohişi bilan deputatlikni tark etadi. 

Şohboz Şarif nomzodi parlamentga saylangudek bölsa, uning nomzodi partiya nomidan boş vazirlikka ilgari suriladi. Şarifning ğalabasi partiyaning mutlaq ustunligi e'tiborga olinsa, ta'minlanişi şubhasiz. Qayd etilgan jarayonlar 45 kun davom etadi. 

Pokiston Boş vaziri Navoz Şarif mamlakat Oliy sudi uni korrupsiyada ayblanayotgani sababli lavozimiga noloyiq deb topgani sababli iste'fo bergan edi.