Samarqand shahridagi oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun Davlat test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan jamoat tartibini saqlash va yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida shahardagi ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligining rasmiy veb-saytida ma'lum qilingan.
Samarqand shahar hokimi Vohid Rahimovning 21 iyuldagi farmoyishiga ko‘ra, 2017 yil 1 avgust kuni soat 06.00 dan 13.00 gacha shaharning quyidagi ko‘chalarida transport vositalari qatnovi vaqtincha taqiqlanadi:
- Amir Temur ko‘chasining Shoxruh Mirzo ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
- Universitet xiyoboni ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Orzu Mahmudov ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq qismida (ikki tomonida);
- Shohrux ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Bo‘stonsaroy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Ruhobod ko‘chasida hamda Registon ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Lolazor ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek xiyobonidan Haymar ko‘chasigacha bo‘lgan qismida hamda Mirzo Ulug‘bek xiyoboni atrofida;
- Nodirabegim ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Tsiolkovskiy ko‘chasigacha hamda Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidan 14-sonli umumta'lim maktabidan keyingi 1-tor ko‘chagacha bo‘lgan qismida;
- Fitrat ko‘chasining Qadoqchilar ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Gagarin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Ibn Sino ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan qismida (Bulvar-Aeroport yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tomon qatnov qismida);
- Dahbed ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ibn Sino ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Gagarin ko‘chasining Al-Xorazmiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Rudakiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida (kollej tomon);
















