29 iyul kuni Bişkek şahrida Özbekiston va Qirğiziston delegatsiyalarining davlat çegarasini delimitatsiya qiliş masalalari böyiça töqqiz kun davom etgan navbatdagi muzokaralari yakuniga yetdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar çoğida Özbekiston–Qirğiziston çegara çiziğining pozitsiyalar mos kelgan alohida uçastkalarini bayon qiliş borasidagi birgalikdagi işlar davom ettirildi.
Muzokaralar yakunlariga köra bayonot imzolandi.
Uçraşuvlar an'anaviy döstlik va hamjihatlik ruhida ötdi.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va uning qirğizistonlik hamkasbi Almazbek Atambayevning Ostona şahrida ŞHT Sammiti doirasida bölib ötgan uçraşuvida ikki davlat örtasidagi davlat çegarasini huquqiy rasmiylaştirişni jadallaştiriş töğrisida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişning muhim ahamiyat kasb etişidan kelib çiqib, Qirğiziston boş vaziri Sooronbay Jeenbekov Özbekiston va Qirğiziston çegara masalalari böyiça delegatsiyalari rahbarlari Ilhom Ne'matov va Qurbonboy Iskandarovning davlatlararo çegarani delimitatsiya qiliş böyiça muzokaralarning borişi töğrisidagi axborotini tingladi.
Özbekiston delegatsiyasi rahbari Ilhom Ne'matov Bişkek şahrida mazkur masala yuzasidan Qirğiziston boş vaziri örinbosari Jyeniş Razaqov bilan ham uçraşdi.
















