AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Suriyada bergan aviazarbasi natijasida tinch aholi vakillaridan kamida 60 nafari halok bo‘ldi. Bu haqda SANA xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, zarba Suriyadagi Dayr az-Zor viloyatining bir necha tumanlariga berilgan.
29 iyul kuni Dayr az-Zorda koalitsiya aviazarbasi natijasida kamida o‘n kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Suriya TIV BMTga murojaat qildi.
O‘z navbatida, koalitsiya bu tumanda aviazarba berilganini rad etmoqda.















