Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada sud vaqti otishma chiqargan markaziy osiyoliklardan iborat guruh a'zolari yo‘q qilindi
Moskva viloyati sudida ro‘y bergan otishma davomida «GTA bandasi» guruhi a'zolaridan 4 nafari yo‘q qilingan. Bu haqda RIA Novosti sudlanuvchilardan birining advokatiga asoslanib xabar tarqatgan.
Ma'lum bo‘lishicha, sudlanuvchi 11 kishidan 4 nafari o‘ldirilgan.
Bundan avvalroq Moskva viloyat sudida «GTA bandasi» ishi bo‘yicha sud majlisida sudlanuvchilardan biri otishma boshlagani xabar qilingandi.
2014 yilda Moskva viloyatidagi M-4 «Don» trassasida bir qator vahshiy qotilliklar yuz berdi. Rossiya OAVlari bu jinoyatlarni amalga oshirgan jinoiy to‘dani «GTA bandasi» (GTA kompyuter o‘yiniga o‘xshash jinoyatlar amalga oshirgani sababli) deb nomlagan. To‘da asosan Markaziy Osiyo vakillaridan tashkil topgan. 2014 yil noyabridagi tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Rossiya huquq-tartibot muassasalari xodimlari to‘daning yetakchisi Ibaydullo Subxanovning joylashgan o‘rnini aniqlashga muvaffaq bo‘lganlar va operatsiya davomida uni yo‘q qilishgan. Shuningdek, to‘daning yana 9 a'zosi qo‘lga olingan. To‘daning qolgan 4 a'zosi qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan va ular xalqaro qidiruvga berilgan. 2015 yil oktabrda ushbu ish bo‘yicha tergov yakunlangan.
Bu jinoiy to‘da Moskva shahri, Moskva va Kaluga viloyatlari hududida 16 ta bosqinchilikni amalga oshirgan, bu jinoyatlar davomida 17 kishini o‘ldirgan, 2 kishi yarador bo‘lgan. To‘da, shuningdek, qurbonlar bo‘lmagan, jabrlanuvchilarni qurol bilan qo‘rqitib, ularni do‘pposlab tunab ketgan boshqa ko‘plab jinoyatlarni ham amalga oshirgan.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026