1 avgust kuni bölib ötgan test imtihonlari natijalari 17 avgust kuni e'lon qilinadi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar bergan.

«2 avgust kuni test materiallarini qayta işlaş boşlanadi va jarayon 17 avgustda yakuniga yetadi. Test materiallarini qayta işlaş natijasi töğrisida qöşimça ravişda axborot beriladi», deyilgan xabarda.

1 avgust kuni 59ta oliy ta'lim muassasalari va ularning 12ta filialida qabul test sinovlari ötkazildi.

Joriy yilda oliy ta'lim muassasalariga 729 950 (2016 yilda – 663 304) nafar abituriyent hujjat topşirgan, şulardan 7 725 (2016 yilda – 7 521) nafari muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy imtiyozga ega abituriyentlardir.

Örtaça tanlov 1 öringa 11,0 (2016 yilda – 11,05) tani taşkil etdi.

Test sinovlarini ötkaziş maqsadida 744 ming 271 (2016 yilda – 676 ming) dona individual test savollari komplekti tayyorlandi.

Test sinovlari 1 080 (2016 yilda – 889) ta binoda joylaşgan maxsus 21 765 (2016 yilda – 19 830) ta auditoriyada ötkazildi. Davlat test markazi va tegişli xizmat organlari bilan hamkorlikda test sinovi ötkaziş tartibiga sözsiz amal qiliş böyiça zarur çoralar qabul qilindi.

Jamoatçilik xavfsizligini ta'minlaş uçun 17 317 (2016 yilda – 16 060) nafar içki işlar xodimlari, 1 848 (2016 yilda – 1 276) ta avtotransport vositalari (jumladan, 84 (2016 yilda – 33) ta yonğinga qarşi ekipaj, 362 (2016 yilda – 326) dona tez tibbiy yordam avtomaşinalari).

Test sinovlariga 11 698 (1,6 %) (2016 yilda – 5 163 (0,8 foiz) nafar abituriyent qatnaşmadi, 2 764 (0,38 foiz) (2016 yilda – 714 (0,1 foiz) nafari test sinovi topşiriş tartibini buzganligi sababli jarayondan çetlaştirildi.

Test sinovlari jarayonida natijaga ta'sir etuvçi qoidabuzarlik holatlari qayd etilmagan, test materiallari şu kunning özida Davlat test markaziga yetkazilgan.

Eslatib ötamiz, 2016 yilgi test imtihonlarining javoblari 20 avgust kuni e'lon qilingan edi.