2023 yil 17-23 iyul kunlari 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegişli ta’lim yönalişlariga öqişga kiriş uçun ötkazilgan çet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bölib, imtihonda iştirok etgan abituriyentlar şaxsiy kabinetidan (abituriyent qayd varaqasining yuqori qismida) öz natijasini bilişi mumkin.

Bunda abituriyentning har bir bölim böyiça töplagan ballari, jami ball, maksimal (120) ballga nisbatan foiz körsatkiçi va oliy ta’lim muassasasiga kirişda çet tili fanidan beriladigan ball aks etgan.

Öz natijasidan norozi bölgan abituriyentlar 3 kun içida (30-31 iyul va 1 avgust kunlari) my.uzbmb.uz sayti orqali apellyatsiya şikoyati berişi mumkin.

Apellyatsiya şikoyati komissiya tomonidan körib çiqiladi va uning xulosasi my.uzbmb.uz sayti orqali xabardor qilinadi.

Belgilangan muddatdan söng apellyatsiya şikoyati qabul qilinmaydi va şikoyatlar qayta körib çiqilmaydi.