Afğoniston ğarbidagi Hirot şahrida hukumatga qarşi köp ming sonli norozilik aksiyasi bölib ötdi. Aktsiya mamlakatdagi xavfsizlik sohasi bilan boğliq muammolarga bağişlandi.
Şahar markazida yiğilgan aksiya iştirokçilari keça masjidga uyuştirilgan hujum oqibatida halok bölganlar fotosuratlarini qöllarida tutib olişgan.
Şuningdek, kişilar “Hayot xavfsiz bölişini talab qilamiz!”, “Yaşaşni istaymiz”, “Terrorçilarga ölim!” deya hayqirişgan.
Hirot şahar kengaşi rahbari Kamron Alizoiyning ta'kidlaşiça, şahardagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyat kun sayin oğirlaşib bormoqda.
“Hukumat kerakli çoralarni körmayapti, fuqarolar esa har kuni ölim bilan yuzma-yuz kelişmoqda”, - dedi Alizoiy.
Uning sözlariga köra, Hirot aholisi birinçi navbatda xavfsizlik tuzilmalari rahbarlarining iste'fosini talab qilmoqda.

















