Joriy yilning 4 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va Toşkent davlat yuridik universitet tomonidan hamkorlik töğrisidagi memorandum imzolandi.

Uşbu memorandumni asosiy maqsadlaridan biri - yuridik kadrlarni tayyorlaş sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, nazariya va amaliyotning uzviy boğliqligini ta'minlaş hamda talabalarni amaliyot ötaşi uçun kerakli bilim va könikmalarini şakillantiriş, ularni kelajakda mukammal mutaxassis bölib yetişişlari uçun poydevor yaratişdir.

Hamkorlik memorandumini imzolaşga bağişlangan tadbirda Özbekiston Respublikasi advokatlar palatasi raisi R.Ahmedov va advokatlik tuzilmalari advokatlari, Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri örinbosari - Toşkent davlat yuridik universitet rektori Ye.Kanyazov, TDYuUning prorektorlari, kafedra mudirlari, professor-öqituvçilari hamda faol talabalari iştirok etdilar.

Tadbir davomida Advokatlar palatasi va TDYuUning hamkorligini yangi bosqiçga kötarilgani va uşbu bosqiç zamonaviy yuridik kadrlarni tayyorlaşda muhim omil bölib xizmat qilişi ta'kidlandi.

Jadal amalga oşirilayotgan islohotlar, sud-huquq sohasiga qöyilayotgan muhim talablar bölajak yuridik kadrlardan nafaqat nazariy bilimlarni biliş, balki bu bilimlarni amaliyot bilan bevosita boğlaşi, ularni qöllaşi kabi muhim masalalarni qöymoqda. 

Imzolangan memorandum ham aynan şu muhim masalalarni inobatga olgan holda TDYuU talabalarini advokatura tizimlarida samarali amaliyot ötaşi; işlarni sudda körilişida bevosita qatnaşişi; xöjalik sub'yektlarini faoliyatiga kömak beriş; tegişli hujjatlar loyihalarini tayyorlaşda; muzokaralar olib borişi va boşqa tadbirlarda qatnaşişini belgilab qöygan.  

Memorandum normalariga asosan hamkorlikda seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va usta-darslar ötkazilişi rejalaştirilgan. 

TDYuU talabalarini qonunlarni bilişi, ularga şarh berişi, muammoli vaziyatlarni hal etişi va protsessual hujjatlarni tuziş könikmalarini şakllantirişga qaratilgan Advokatlar palatasi tomonidan turli tanlovlar ötkazilişi ham közda tutilgan.