San-Frantsisko aeroportida bortida yölovçilar bölgan 4 ta samolyot bilan töqnaşib ketişiga bir baxya qolgan vaqtda suratga olingan Air Canada samolyotining aeroportga qönişga urinişi surati Associated Press axborot agentiligi tomondan çop etildi.

Suratda Airbus A320 samolyoti boşqa samolyotlar ustidan bir neça metrgina balandlikda uçib ötayotganini köriş mumkin. Axborot agentiligining ma'lum qilişiça, tergov Air Canada bu lahzada yer ustidan bor-yöği 18 metr balandlikda uçib ötganini aniqlagan.

7 iyulda Air Canada’ning Torontodan kelayotgan AC759 raqamli samolyoti uçiş-qöniş polosasini rullaş yölakçasi deb qabul qilgani ma'lum bölgandi. Bu paytda yölakçada 4 ta samolyot bölgan. Agar dispetçer samolyot ekipajini xato haqida öz vaqtida ogohlantirmaganda, Airbus bortida yölovçilar bölgan va yoqilği bilan töldirilgan 4 ta samolyot bilan töqnaşib ketgan bölardi. OAVning baholaşiça, bu holat tarixdagi eng yirik aviafalokat bilan tugaşi mumkin edi.

Voqeadan bir hafta ötgaç, internetda Airbus 320 uçuvçilarining dispetçerlar bilan suhbati yozuvi paydo bölgan. Unga köra, uçuvçi uçiş-qöniş polosasidagi «qandaydir çiroqlar” haqida ma'lum qilgan. Bu “çiroqlar” esa aslida rullaş yölakçasidagi samolyotlar bölgan. Dispetçer esa uçuvçini polosa böşligiga, unda heç qanday çiroqlar yöqligiga işontirgan. Bir neça soniyadan keyin vaziyatga boşqa bir odam, ehtimol boşqa samolyot ekipaji a'zosi aralaşgan: “Bu yigit qayerga uçmoqda? U rullaş yölakçasi ustida-ku”. Şundan keyingina dispetçer Kanada samolyoti uçuvçisiga qönişni bajarmaslikka buyruq bergan va falokatdan qutulib qolişga muvaffaq bölingan.