Özbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov yangi ijod namunasini taqdim etdi. Jaloliddin Manguberdiga bağişlangan yangi qöşiq “Mendirman” deb nomlandi.

Qöşiq vatanparvarlik ruhida yozilgan bölib, klipi ham zamonaviy effektlardan foydalanilgan holda işlangan. 

Ozodbek Nazarbekovning Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ma'lum qilişiça, ğoya tuğilişidan to loyihaning tugaşigaça deyarli 2 yil vaqt ötgan. Qöşiq şe'ri şoir Botirjon Ergaşev qalamiga mansub. Bastakorlar - Nodir Umarov, Aziz Xolmurodov. Klip esa 9999 studiyasi tomonidan olingan.

Qayd etiş joizki, sönggi paytlarda milliy estradada tarixiy ajdodlar tasvirlangan va ularga bağişlangan asarlar biroz kamaygan edi. Musiqiy klipni tomoşa qiliş jarayonida Jaloliddin Manguberdi şaxsiga yangiça nigoh bilan nazar taşlaş imkoni yaratilgan. Vatanning jasur himoyaçisi qiyofasi yoşlardagi vatanparvarlik tuyğusini yanada oşirişi şubhasiz.