2017 yilning 3 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yiğilişida davlat rahbari ommaviy axborot vositalari mavzusiga ham alohida töxtalib ötdi. Bugungi kunda ularda yoritilayotgan axborotlarning xolis va haqqoniy bölişi lozimligiga alohida töxtab ötildi. "Bugungi kunda ziyolilar davrasida yengil-yelpi kitoblar, sayoz, oldi-qoçdi gazeta-jurnallar, tele-radio stansiyalar köpayib borayotgani töğrisida haqli e'tirozlarni eşitiş mumkin”, - degan davlat rahbari.
Ötkazilgan mazkur videoselektor yuzasidan Matbuot va axborot agentligi rahbari Laziz Tangriyev öz munosabatini bildirar ekan, jumladan, şunday dedi: "Bir paytlar yoş yozuvçi yoki şoir asar yozsa, uni e'lon qilişdan oldin öylanib qolarkan: “Bu yozganimni öqib, Ğafur Ğulom, Abdulla Qahhor, Oybeklar nima derkin. Ustozlardan baloga qolsamçi”, degan andişaga borarkan. Hozirgi maza-matrasiz maqolalar, şe'ru hikoyalarni körib, xaşaki yozuvçilarda uyat, insof yöqmikan, deb qolasan.
Turli xususiy gazeta-jurnallar, naşriyotlar ijod mahsullarining saviyasi pastligi, badiiy sayozligi odamni xavotirga soladi. Bunga sabab soğlom, xolisona tanqidning, döstona aççiq gapning, ustozlar nasihatining yetişmayotganidir.
Bu haqda Prezidentimiz 3 avgust kuni ziyolilar bilan bölgan uçraşuvda ham kuyunib gapirdilar. Bu sohaning tijoratlaşuviga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi, dedilar".
"Nega biz dökondan sifatsiz, muddati ötgan mahsulot olsak, sotuvçi bilan yoqa böğişamizu ma'naviyatimizga zarba berayotgan, savodsizlikni urçitayotgan, yoşlar tarbiyasiga salbiy ta'sir körsatayotgan xususiy ommaviy axborot vositalari va naşriyotlarga miq etmaymiz", deb yozadi Laziz Tangriyev.
Uning ma'lum qilişiça, bundan keyin Özbekiston Matbuot va axborot agentligi bunday “işbilarmonlar”ga qarşi ayovsiz kuraş olib boradi. Endi ularga “qonunni buzmang”, degan yumşoq va sip-silliq taqdimnomalar yuborib, ogohlantirilmaydi, aksinça, qilyotgan noma'qulliklarini körsatib, xalq, jamoatçilik oldida izza qilinadi.
"Yurtboşimiz aytganlaridek, bu baloga qarşi jamoatçilikni uyğotmasak, bir jaholatga ön ma'rifat bilan javob bermasak, u kun sayin madda boylab boraveradi.
Şu kundan boşlab Özbekiston Matbuot va axborot agentligi soha qonunlarini mensimaydigan, milliy qadriyatlarimizni oyoq osti qiladigan, pul topaman deb jurnalistika şa'niga doğ tuşiradigan qöştirnoq içidagi “hamkasblarimiz”ga qarşi murosasiz kuraş olib boradi.
















