Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakat temir yöl sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Prezident farmonida qayd etilişiça, quyida röyxati keltirilayotgan şaxslar Özbekiston «temir yöl transporti sohasidagi köp yillik fidokorona mehnati, tarmoqni zamon talablari asosida rivojlantiriş, mintaqa va jahon miqyosida muhim ahamiyatga ega bölgan yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş borasidagi katta xizmatlari, respublikamizda temir yöl transporti kommunikatsiyalarining mustaqil, yagona va yaxlit tizimini yaratiş, xalqaro standart va talablarga mos yangi temir yöllarni barpo etiş, tarmoqning barqaror va samarali işlaşini ta'minlaş hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlaş işlariga qöşgan munosib hissasi uçun» taqdirlangan.
«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan transport xodimi»
Ismailov Xalmurat — «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatining «Toştemiryölloyiha» mas'uliyati çeklangan jamiyati direktori, Toşkent şahri
«Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan
Şaymanov Absaxat Bozoroviç — «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatining Termiz temir yöl masofasi yöl ta'mirlovçisi, Surxondaryo viloyati
«Mehnat şuhrati» ordeni bilan
Abdullayev Nusratillo Sa'dullayeviç — «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatining «Öztemiryölmaşta'mir» unitar korxonasi boş direktori
Rabimov Toşkuvat Şodiyaroviç — «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand temir yöl masofasi köprik ustasi, Samarqand viloyati
Xasilov Xusnutdin Nuriddinoviç — «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati boş menejyeri – boş muhandisi
Soy Viktor Robertoviç — «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatining «406-ixtisoslaştirilgan quriliş-montaj poyezdi» unitar korxonasi boşliği
«Döstlik» ordeni bilan
Sagdullayeva Elmira Şavkatovna — «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatining «Toşkent yölovçi vagonlarni quriş va ta'mirlaş zavodi» aksiyadorlik jamiyati yetakçi muhandis-texnologi, Toşkent şahri
Xolmamatov Ali Sultonoviç — «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatining Qarşi elektr ta'minoti korxonasi elektromexanigi, Qaşqadaryo viloyati

















