Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakat temiryölçilariga Temir yöl transporti xodimlari kuni munosabati bilan tabrik yölladi. Tabrik matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Qadrli vatandoşlar! 
Muhtaram döstlar!

Avvalo, siz, azizlarni — «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati tizimida mehnat qilayotgan işçi va xizmatçilar, quruvçi va muhandislar, maşinist va vagon kuzatuvçilari, barça xodimlarni yurtimiz hayotida ilk bor nişonlanayotgan qutluğ sana — Temiryölçilar kuni bilan çin qalbimdan samimiy tabriklab, barçangizga özimning çuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Mustaqillik yillarida butun mamlakatimiz qatori Özbekiston temir yöllari sohasi ham oğir va maşaqqatli, ayni vaqtda şarafli şakllaniş va rivojlaniş yölini bosib ötdi. Ötgan davrda mamlakatimizning barça hududlarini işonçli va samarali boğlaydigan, xalqaro transport tarmoqlariga çiqişni ta'minlaydigan, mustaqil, yagona va yaxlit temir yöl transporti kommunikatsiyalari tizimi barpo etilgani, heç şubhasiz, şu yönalişda erişgan eng katta tarixiy yutuğimiz böldi.

Sizlarga yaxşi ma'lum, hozirgi vaqtda yuk va yölovçi taşişning asosiy qismi temir yöl sohasiga töğri keladi va bu tarmoqning iqtisodiyotimizni rivojlantirişdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Xalqaro transport tizimlarining ajralmas qismi va muhim böğini bölgan Özbekiston temir yöllarining xalqaro taşuvlar tizimidagi roli yangi bosqiçga kötarilmoqda.

Qadim zamonlardan buyon Buyuk ipak yöli va köplab savdo yöllari tutaşgan mintaqada joylaşgan Özbekistonning geografik jihatdan öta muhim örni bu zaminda turli sivilizatsiya va madaniyatlararo muloqot va hamkorlik aloqalari muntazam amalga oşirilişi uçun qulay imkoniyat yaratgani şubhasiz, albatta.

Xalqaro hamjamiyatning e'tirof etişiça, Özbekiston Şarq bilan Ğarbni, Janub bilan Şimolni boğlaydigan ulkan transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatiga ega. Ana şu salohiyat va imkoniyatdan samarali foydalanayotgan «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatining köp millatli jamoasi temir yöl transport kommunikatsiyalarini rivojlantiriş, takomillaştiriş va rekonstruksiya qiliş, temir yöl orqali yuk va yölovçi taşiş xavfsizligini ta'minlaş borasida salmoqli işlarni amalga oşirmoqda.

Ötgan yillar davomida temir yölçilarimiz tomonidan 1100 kilometrdan ortiq yangi temir yöllar barpo etilgani,4 ming kilometrlik temir yöl magistrallari modernizatsiya qilingani, 1700 kilometrlik temir yöl boğlamalari elektrlaştirilgani tahsinga sazovordir.