Voqea 5 avgustda erta tongda sodir bo‘lgan. Portlovchi qurilma masjidga, taxmin qilinishicha, oyna orqali uloqtirilgan. Bu vaqtda masjidda ibodatga kelgan 20 ga yaqin odam bo‘lgan. Portlash oqibatida yong‘in chiqqan, biroq uni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Shtatning musulmonlar jamiyati portlash tashkilotchilari va ijrochilari haqidagi istalgan ma'lumot uchun 10 ming dollarlik mukofot puli va'da qilgan.