Misr jinoiy sudi duşanba kuni 2013 yilning avgustida Qohiradan janubda joylaşgan Al-Minyo viloyatidagi politsiya bölinmasiga hujum qilişda iştirok etgan 12 kişini ölim jazosiga mahkum etdi. Bu haqda “Al-Axram” naşri portali xabar bermoqda.

Bu iş böyiça bir yuz qirq kişi umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.

Ta'kidlanişiça, sud qarori yakuniy bölib, u mamlakat yuqori muftiysining ijobiy xulosasidan söng çiqarildi. 

Tergov ma'lumotlariga köra, barça sudlanganlar mamlakatda taqiqlangan “Birodar musulmonlar” harakati a'zolari bölgan va 2013 yilning avgustidagi hodisalarda iştirok etişgan. Öşanda Misrda prezident Muhammad Mursiy hokimiyatdan çetlatilgaç, kuç tuzilmalari bilan töqnaşuvlar kelib çiqqandi.