«Deyli-Motor» avtomobil naşri ekspertlari 2017 yilning avgust oyi holati böyiça Rossiya bozoridagi eng arzon çet el avtomarkalari nomini ma'lum qildi.
Reytingda birinçi örinni Yaponiyaning Datsun on-Do brendi sedani egalladi, u 436 ming rublga tuşadi hamda 1,6 litrli, 87,2 ot kuçiga ega benzinli dvigatel bilan jihozlangan.
Ikkinçi va uçinçi örinlarda «GM Özbekiston» korxonasida Ravon brendi ostida işlab çiqarilgan R2 va Nexia maşinalari qayd etildi. Birinçi avtomobil 85 ot kuçi, 1,2 litrli motorga ega bölib, uning narxi - 439 ming rublni taşkil qiladi. 106 ot kuçiga teng 1,5 litrli Nexia’ning narxi esa maxsus taklif böyiça 449 ming rubldan boşlanadi.
Röyxatning törtinçi örnidan Xitoyning Brilliance H230 avtomobili joy olgan bölsa, (459,9 ming rubl), beşinçi poğonani Xitoyning yana bir maşinasi - FAW Oley sedani (491 ming rubl) egalladi.

















