Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tur de Frans»ning 2 karra g‘olibi Kontador faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qildi
«Tur de Frans» ko‘p kunlik velopoygasining ikki karra g‘olibi ispaniyalik Alberto Kontador «Vuelta» grand-turidagi ishtirokidan so‘ng professional velopoygachi sifatidagi faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qildi.
«Ikki narsa haqida xabar bermoqchiman. Birinchidan, keyingi haftadan «Vuelta»da qatnashaman, ikkinchidan esa, bu mening professional velopoygachi sifatidagi so‘nggi poygam bo‘ladi. Bu haqda hech qanday qayg‘usiz gapirmoqdaman, bu o‘ylab qabul qilingan qaror. O‘z vataningdagi poygada qatnashib xayrlashish juda yaxshi, shuning uchun uning boshlanishini intiqlik bilan kutayapman», - deya xabar berdi sportchi Instagram’dagi sahifasida.
Kontador «Tur de Frans» va «Jiro d'Italiya»ning ikki karra, «Vuelta Ispaniya» poygasining esa uch karra g‘olibi sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, «Vuelta Ispaniya» 19 avgust-10 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
22:14 / 25.01.2026
Avstraliyada kengurular velopoyganing “beliga tepishdi”
14:39 / 15.09.2025
Falastin tarafdorlari La Vuelta velopoygasini to‘xtatib qo‘ydi
23:38 / 03.09.2025
Ispaniyada «Vuelta» velopoygasi Falastin tarafdorlari namoyishi tufayli muddatidan oldin yakunlandi
00:42 / 21.09.2020