Şimoliy Koreya öz atom dasturini rivojlantirişda taraqqiyotga erişdi. Uning 5 ta yadro sinovlari natijasidan kelib çiqqan holda şunday xulosa qiliş mumkin. Yaponiyaning mudofaa böyiça 2017 yilgi "Oq kitobi"da şu haqda söz boradi.
"Yadro qurolining beşta sinovini hisobga olib, xulosa qiliş mumkinki, KXDR yadro dasturi sezilarli taraqqiyotga erişdi", — deyiladi hujjatda. Şimoliy Koreya, tahlil mualliflariga köra, öz raketalariga örnatiş uçun kiçik ölçamdagi jangovar yadro kallaklarini işlab çiqişga erişgan bölişi ham mumkin.
Yaponiya mudofaa vazirligi ötgan yilgi "Oq kitob"dan farqli ravişda bu safar yadro dasturi rivojini taxmin emas, amalga oşgan dalil sifatida qayd etgan. Bundan taşqari, Şimoliy Koreya mavzusi uç sahifa köproq yoritilgan.
Yaponiya hukumatiga köra, KXDRning navbatdagi raketa sinovlari ballistik raketalar parvoz masofasini uzaytiriş, ularning aniqligi va boşqaruvçanligini oşirişga yönaltiriladi. Şuningdek, turli uçiriş qurilmalari, xususan, öziyurar va suvosti kemalari hamda turli uçiş trayektoriyalariga qaratiladi.

















