Gruziya parlamenti sobiq raisi Nino Burjanadze RT’ga bergan intervyusida o‘z nomzodini prezidentlik saylovlarida ilgari surish rejalari borligi haqida ma'lum qildi.

«Ha, men o‘z nomzodimni ilgari surmoqchiman, biroq, barchasi «Gruziya orzusi» qanday harakatlar qo‘llashiga bog‘liq bo‘ladi. Ular qonunchilik normalarini o‘zgartirmoqda. Ular Gruziyani butunlay parlament respublikasi qilish uchun qonunchilikni o‘zgartirishmoqchi edi. Bunda keyingi prezident to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, balki parlamentda tayinlanishi nazarda tutilgandi», - dedi Burjanadze.

Avvalroq Nino Burjanadze 2008 yildagi urushni Saakashvili boshlagani haqida ma'lum qilgandi.