Rossiya Indoneziya bilan 11 ta eng yangi Su-35 qiruvçi samolyotining sotilişi böyiça kelişuvga erişdi, deb ma'lum qilindi "Rostex" xabarida.
Uç yil davom etgan muzokaralar barter bitimi tuziş bilan yakunlangan.
Indoneziya savdo vaziri Enggartiasto Lukitaning aytişiça, 5-avlod samolyotlariga eng yaqin bölgan samolyotlar jumladan palma yoği partiyasiga almaştiriladi.
Muzokaralar avvalambor moliyaviy masalalar sababli uzoq keçgan. Natura bilan hisob-kitob qiliş imkoni kelişuvga erişişga yordam bergan, çunki Indoneziya samolyotlar uçun naqd pul tölaşni istamagan.
Rossiya, şuningdek, barter böyiça Indoneziyadan çoy, qahva va kauçuk kukuni oladi.

















