Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakaşvilining ma'lum qilişiça, mamlakat taşqi işlar vaziri Pavel Klimkinda Rossiya fuqaroligi bor.

U bu haqda Facebook’dagi sahifasida yozgan.

«Darvoqe, Pavel Klimkin etnik jihatdan ukrain emas, balki rusdir, Rossiyada tuğilgan, mening tuşunişim böyiça, u yerda fuqarolikka ega va ukrain tilida mendan ham yomonroq gapiradi. Pyotr Alekseyeviç, mana sizga fuqarolikdan mahrum qiliş uçun yana bir nomzod», - deya yozdi Saakaşvili.

Avvalroq Gruziya prokuraturasi Saakaşvili 11 yilga qamalişi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.