Yoki dabdababozlik, isrofgarçilik va manmanlik kabi illatlardan qaçon xalos bölamiz?!

«Bizni kemirguvçi illatlar» degan odatlarimiz, şu töy va ta'ziya ismindagi devonaligimizdan iboratdur. Bir dökonçi, bir gulkor, bir faqirhol, bir kosib uçun bu töy va ta'ziyalar ölumdan qattiğdurki, muning uçun beçora har kun ölur. Har kun ölğon ila-da qutulmas. Özidan söngra ahlu ayoliğa bu yöqsullik va bu musibatni meros qöyar...»

Bu — ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxöja Behbudiyning «Oyna» jurnalida e'lon qilingan «Bizni kemirguvçi illatlar» sarlavhali maqolasidan bir parça. Oradan 102 yil ötib ana şu mulohazalarni öqir ekanmiz, töy-marosimlardagi dabdababozlik, isrofgarçilik, manmanlik kabi illatlardan xalos böliş xalqimiz, jamiyatimiz uçun hali-hanuz dolzarb bölib turganini yanada teranroq anglab yetamiz.

Zero, töy — tinçlik, farovonlik ramzi. Yaxşi niyat bilan elga dasturxon yozib, ikki yoşning nikoh bazmini yoru döstlar davrasida nişonlaşga nima yetsin?! Lekin töyni dabdabaga, pulning kuçini körsatadigan marosimga aylantirişdan qanday naf bor? Bunga qasd qilgan kişi «zör» odamga emas, aksinça, oyoği yerdan uzilgan noşukr kimsaga öxşab qolayotganiga aqli yetarmikan?! 

Prezidentimiz Özbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan ötkazgan videoselektor yiğilişida töylarimiz xususida kuyinib söz aytdi. Bugun özini köz-köz qilib, «kimözar»ga töy qilayotganlar köpçilik bölmasa-da, yöq emas. Ular özlarini boşqalardan ustun qöyib, kerilib, «hammaning oğzi oçilib qolsin» qabilida iş tutişlari jamiyatimizni ma'naviy tanazzulga yetaklayotganini qanday izohlaş mumkin? 

«Kelinnavkarlar» qaydan keldi?
Yaxşi niyat bilan boşlangan töy azaga aylandi. Buxorodan «yor-yor» aytib kelgan «kuyovnavkarlar» Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanidan kelin tuşirib qaytişda avtohalokatga uçradi. Bir yöla beş kişi hayotdan köz yumdi: kelin-kuyov, ularga hamrohlik qilgan yigit-qiz va haydovçi. Fojianing sababi — ortiqça dabdababozlik. Köçani töldirib, turnaqator bölib harakatlanayotgan maşinalar korteji içida eng şohona bezatilgan avtoulov yöl çetidagi tösiqqa katta tezlikda borib urildi... 

Bu — bir neça yil avval yuz bergan voqea. Ammo beş xonadon a'zolari qalbidagi jarohatlar hali-hamon bitgani yöq. Xöş, bu kulfatdan boşqalar, yon-atrofdagilar qanday xulosa çiqardi, qanday saboq oldi? 

Taassufki, bugun yurtimizning barça hududi, çunonçi, Samarqandu Buxoroda ham bunday keraksiz «urf»lar köpaysa köpaymoqdaki, aslo kamayayotgani yöq!