Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi tezkor vakillari tomonidan içki işlar xodimlari bilan hamkorlikda Urganç tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida öz tomorqasida naşa yetiştirgan şaxs foş etildi. Bu haqda Kun.uz’ga Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Çakkaşolikor qişloğida yaşovçi fuqaro D.Madrahimovning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar iştirokida közdan keçirilganida, hovlidagi tomorqada 11 tup kannabis ösimligi “barq” urib ösayotganligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida aniqlagan mazkur narkotik giyohlarning umumiy oğirligi salkam 1.7 kg.ni taşkil qildi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.Madrahimovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasining 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov va suriştiruv işlari olib borilmoqda.