Andijon viloyati örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi tasarrufidagi muassasalarda  yangi öquv yiliga puxta  tayyorgarlik köriş  yuzasidan namunali seminarlar taşkil etilmoqda.

Ana şunday anjumanlar Andijon industrial-pedagogika hamda Oltinköl iqtisodiyot kollejlarida bölib ötdi. Seminar iştirokçilari mazkur ta'lim muassasalarida yangi öquv yili va kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik böyiça taşkil qilingan auditoriyalar, ustaxonalar, sport inşootlari va boşqa madaniy-maişiy obektlar hamda obodonlaştiriş işlari bilan tanişdilar.

Şuningdek, pedagoglar tomonidan tayyorlangan öquv-metodik majmualar taqdimotida iştirok etib, kollej binosida taşkil etilgan mahalla fuqarolar yiğini hamda profilaktika inspektorlarining xizmat xonalaridagi şaroitlar haqida tuşunçaga ega böldilar.  

Ötkazilgan seminarlarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas'ul xodimi S. Yaqubov iştirok etib, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi xodimlarining yangi öquv yiliga munosib tayyorgarlik körişga oid dolzarb vazifalari töğrisida topşiriqlar berdi. 

Seminar davomida iştirokçilar 8 ta fandan taşkil etilgan namunali maşğulotlarni hamda “Mustaqillik va xotira kuni” darsini kuzatdilar.

Şuningdek, Oltinköl iqtisodiyot kolleji professor-öqituvçilari tomonidan yaratilgan darslik, öquv-metodik qöllanmalar hamda ilmiy işlaridan namunalar körgazmasi taqdimot qilindi.

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon