Foto: Şlanga yiğiş uskunasi

Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Yonğin xavfsizligi boşqarmasi Nukus şahri 1-sonli harbiylaştirilgan yonğin xavfsizligi bölimi navbatçi smena boşliği, leytenant Sulton Tangirbergenov izlanuvçan, talabçan yoşlardandir, deb xabar bermoqda Qoraqalpoğiston axborot agentligi.

Yaqinda u öt öçirişda foydalaniladigan şlangani tezda yiğadigan maxsus uskuna kaşf etdi. Uskuna nomi «Şlanga yiğiş uskunasi» deb ataladi, u tezda va oz vaqtning içida köp kuç sarflamasdan yiğiladigan uskunadir.

Foto: Leytenant S. Tangirbergenov uskunani işga tuşirib körsatmoqda

Leytenant S. Tangirbergenov 1992 yilda Nukus şahrida tuğilgan. Maktabni tamomlab, Qoraqalpoq davlat universiteti qoşidagi 1-sonli akademik litseyda tahsil olgan. Qiziqişlari uni Yonğin xavfsizligi texnika maktabiga yetaklagan.

Yoş ixtiroçi yana yangi ğoyalar ustida iş olib bormoqda.