2017 yilning uçinçi çoragida Özbekistonda «halol» standarti joriy etiladi. Bu haqida «Özstandart» agentligining direktor örinbosari Jamşid Mirsaidov 11 avgust kuni taşkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi. 

«Halol» standartlari Malayziya va Turkiyadan olib kelinib, ixtiyoriy tarzda joriy qilinadi. Aynan «halol» standartni kiritiş böyiça maxsus dastur ham işlab çiqilgan. Nasib etsa, joriy yilning uçinçi çoragida mazkur standartni yölga qöyiş böyiça qaror qabul qilinadi», deya qayd etdi Jamşid Mirsaidov. 

Endilikda «halol» standartidan foydalaniş istagida bölgan tadbirkorlar hamda işlab çiqaruvçilar agentlikka murojaat qilişlari mumkin. 

«Hukumat tomonidan «halol» standartini joriy qiliş böyiça turli takliflar va topşiriqlar berilgan. Tez orada bu qarorning qabul qilinişi eksport salohiyatining ösişiga öz hissasini qöşadi. Şuningdek, çet eldan yurtimizga keladigan mehmonlar, ayniqsa, arab davlatlaridan taşrif buyuruvçi sayyohlarning mahsulotlarimizga bölgan işonçi ortadi», deya qöşimça qildi Mirsaidov.