Jahon | 07:29 / 12.08.2017
12676
2 daqiqa o‘qiladi

Guam aholisiga yadroviy hujum vaqtida o‘zini tutish qoidalari tushuntirildi

Foto: Reuters

Guam oroli ma'muriyati Shimoliy Koreya tomondan yadroviy hujum amalga oshirilgan vaqtda o‘zini tutish bo‘yicha yo‘riqnoma chop etdi. Bu haqda AQSh OAV ma'lum qildi.

Joriy haftada Koreya markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreya qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi mutaxassislari ayni vaqtda AQShning Guamdagi harbiy bazalariga zarba berish tezkor rejasini jiddiy ko‘rib chiqishayotganini ma'lum qilgandi.

Guam ma'muriyati orol gubernatori Shimoliy Koreya tomondan bildirilayotgan ogohlantirishni inobatga olmasiga qaramasdan, yo‘riqnomani chop etgan.

“Chaqmoq yoki sharsimon chaqmoqqa qaramang – u sizni ko‘r qilib qo‘yishi mumkin. Sizni himoya qila oladigan biror narsa ortiga berkining», deyilgan yo‘riqnomada yadroviy hujum holatiga.

“Radioaktiv moddalar tarqalmasligi uchun kiyimingizni yeching. Ustki kiyimning yechilishi 90 foiz radioaktiv materiallardan xalos bo‘lishga yordam beradi”, deb aytilgan hujum vaqtida omon qolish bo‘yicha maslahatlarda.

Pentagon, o‘z navbatida, Shimoliy Koreyadagi raketalar uchirish maydonchalariga ogohlantiruvchi zarba berishni ko‘zda tutuvchi maxsus rejani tayyorlab qo‘ygan.

Guam ma'muriyati orol Shimoliy Koreya raketa tahdididan ishonchli himoyalanganiga ishontirmoqda.

Guam gubernatorining ichki xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jorj Charfaurosning aytishicha, Guamda joylashtirilgan THAAD raketalarga qarshi majmualari Shimoliy Koreya raketa zarbasidan himoyalay olmasligi imkoniyati deyarli nolga tengligini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid