Samarqand şahridagi «Şoirlar boği»da atoqli xalq baxşilari Islom şoir, Ergaş Jumanbulbul öğli, Fozil Yöldoş va Pölkan şoir Jomurod öğlining restavratsiya qilingan haykallari oçiliş marosimi bölib ötdi, deb yozadi «Zarafşon» gazetasi.

Unda viloyat jamoatçiligi vakillari, Özbekiston Yozuvçilar hamda Jurnalistlar uyuşmalari a'zolari va yoşlar iştirok etdi.

Tadbirda söz olgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi T.Jörayev, şoira Zulfiya Möminova, xalq baxşisi Mahmatmurod Rajabov, professor Axtam Örolov va boşqalar vatanparvarlik, insoniylik, ezgulik va mehr-oqibatni tarannum etgan baxşi şoirlar qoldirgan boy ma'naviy meros haqida töxtaldilar. Mustaqillik yillari mamlakatimizda baxşi, jirovlar maktablari, ularning asl ma'naviy ildizlari tiklanib, tarbiya omili sifatida yangiça ruhda izçil rivojlanayotganini e'tirof etdilar.

Ta'kidlandiki, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan el manfaati, uning farovon turmuşi yölida amalga oşirilayotgan islohotlar samarasini kundan-kun his etyapmiz. Mamlakatimizning buyuk oqinlari hisoblangan tört baxşi şoir haykallarining qayta tiklanişi ham xalqimiz ma'naviyatini yuksaltiriş yölida qilingan ezgu sa'y-harakatlar samarasidir.

— Men Islom şoir va Pölkan şoir asarlari ta'sirida ijodga kirib kelganman, – deydi şoira Zulfiya Möminova. — Ularning şogirdlari Otayor va Amirqul Pölkandan saboq olganman. Islom otaning öğli Ziyodulla aka ham Özbekiston xalq baxşisi unvonini olgandi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning ötgan yili saylovçilar bilan uçraşuvda bildirgan taklifi asosida şoirlar boğiga yangiça mazmun-mohiyat bağişlangani bugun biz, ijod ahlini ilhomlantirmoqda.

Marosimda yiğilgan bugungi avlod baxşilari Islom va Pölkan şoir, Ergaş Jamanbulbul öğli hamda Fozil Yöldoşning gözallik, jismoniy va ma'naviy kamolot, mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, mehr-oqibat, sadoqat, muhabbat, muruvvat, yaxşilik singari insoniy fazilatlar madh etilgan dostonlaridan parçalar ijro etdilar.

— Yurtimizda Samarqand baxşiçilik maktabining öziga xos örni bor, — deydi qaşqadaryolik Özbekiston xalq baxşisi Mahmatmurod Rajabov. — Hatto YuNeSKOda Qörğon baxşiçilik maktabi tilga olingan. Men ham bu maktabdan köp narsani örganganman. Yurtboşimizning taşabbusi bilan oçilayotgan uşbu majmua biz, baxşilar uçun abadiyat timsoli bölib qoladi, albatta.