«Real» boş murabbiyi Zayniddin Zidan «qaymoqranglilarning» «Barselona» bilan «Kamp Nou»da keçgan ilk uç uçraşuvning birontasida mağlubiyatga uçramagan ilk ustoziga aylandi.
«Real» 2015/16 yilgi mavsumda «Kamp Nou»da Ispaniya çempionati doirasida 2:1 hisobida ğalaba qozongan. Ötgan mavsumda «qaymoqranglilar» Primera doirasida kök-anorranglilar bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etgan. Yangi mavsumning ilk öyinida esa madridliklar Ispaniya superkubogi uçun dastlabki bahsda mehmonda 3:1 hisobida ustun keldi.
Eslatib ötamiz, «Barselona» va «Real» 2017/18 yilgi mavsumning 36-turida «Kamp Nou»da özaro töqnaş keladi. Uçraşuv 2018 yilning 6 may kuniga rejalaştirilgan.












