Bugun, 14 avgust kunidan Toşkent şahridagi Oloy, Yunusobod va Qöyliq bozorlarida örnatilgan bankomatlar faoliyat körsata boşladi. Har bir bozorda bittadan bankomat örnatilgan bölib, fuqarolar bu bankomatlardan naqd pul yeçib olmoqda. 

«Kun.uz» fotomuxbiri joylarda böldi va jarayonga guvoh böldi.

Bankomatlar «Xalq banki» tomonidan maxsus konteynerlarda olib kelingan pullarga töldirilgan.

Örnatilgan tartibga köra bitta karta bilan 100 ming söm pul yeçib oliş mumkin. Bir kunda bir kişi bir martadan ortiq pul yeçib ololmaydi (bitta karta bir kunda faqat bir marta qabul qilinadi). Bankomatlar 10000, 5000 va 1000 sömlik banknotlar bilan töldirilgan.

Bankomat Uzcard tizimiga ulangan har qanday bank plastik kartalarini qabul qilmoqda (Korporativ kartalar qabul qilinmaydi).

«Xalq banki» şaharda yana bankomatlar örnatişni rejalaştirgan.