SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketa-taşuvçisi Xalqaro koinot stansiyasiga yuk olib boruvçi Dragon kemasi bilan Floridadagi Kanaveral burnidagi kosmodromdan muvaffaqiyatli uçirildi.

Raketa parvoziga belgilangan vaqtda, ya'ni mahalliy vaqt bilan soat 12:31da start berilgan. Taxminan 3 daqiqadan keyin raketaning birinçi poğonasining ajralişi yuz bergan. U parvozdan 9 daqiqadan keyin start joyi yaqinida qöngan. AQŞ koinot agentligi NASA avval raketaning birinçi poğonasi qönişiga e'tibor qaratmay kelgandi, biroq bu parvoz vaqtida raketa uçirilişi translyatsiyasi boşlovçisi birinçi poğonaning qönişini batafsil yoritib borgan.

SpaceX koinotga parvozlarni arzonlaştiriş uçun raketaning birinçi poğonasidan köp marta foydalaniş dasturini işlab çiqmoqda va avvalroq birinçi poğonaning ilk qayta parvozini amalga oşirgandi.

Birinçi poğona qöngandan biroz ötib, yuk kemasining raketadan ajralişi sodir bölgan.

Dragon kemasining XKSgaça sayohati 2 kun davom etadi va u orbital stansiya bilan 16 avgustda tutaşişi belgilangan.

Yuk kemasi XKSga 3 tonnaga yaqin yuk, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari, birinçi ehtiyoj buyumlari va ilmiy tajribalar uçun materiallarni yetkazadi. Kema stansiyaga şuningdek yangi superkompyuter, vaznsizlikning inson köriş qobiliyatiga salbiy ta'sirini yöqqa çiqariş imkoniyatini örganiş uçun siçqonlar, Yerni past yer atrofi orbitasidan örganiş uçun teleskop bilan jihozlangan nanosputnikni olib ketmoqda.

Kema XKSda bir oyça qoladi, söngra işlangan materiallar va ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan Yerga qaytadi. Dragon bugungi kunda XKSdan Yerga yuk yetkaza oluvçi yagona yuk kemasi hisoblanadi.