15 avgust kuni Hindistonda mamlakat mustaqillikka erişganining 70 yilligi nişonlamoqda. Uşbu munosabat bilan asosiy marosimlar mamlakat poytaxti Nyu-Dehlida bölib ötadi. Hindiston boş vaziri Narendra Modi Qizil fort uzra milliy bayroqni kötarib, tabrik nutqini sözladi. U öz nutqida 2016 yil vazirlar mahkamasi faoliyatiga yakun yasagan va mamlakatning kelgusida qanday rivojlanişi haqida sözlagan.

Uşbu bayram nişonlanişining yana bir an'anaviy elementi Hindistonning madaniy turfaligi, fan, texnikadagi yutuqlari va harbiy qudratini körsatuvçi yorqin namoyiş hisoblanadi.   

Hindiston 200 yilga yaqin Buyuk Britaniya mustamlakasi bölib kelgan. Ikkinçi jahon uruşidan keyin London mamlakatga mustaqillikni taqdim qilişiga töğri kelgan va Hindiston 1947 yil 14 avgustidan 15 avgustga ötar keçasi mustaqil davlatga aylangan.