Prezident körsatmasi bilan ayni kunda poytaxtda “Zamonaviy mahalla”larni bunyod etiş qizğin pallada. Aytiş kerakki, zamonaviy mahalla loyihasida mahalla guzari va unga yondoş maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari qad rostlaşi kerak. Ammo Prezident körsatmasini ijro etişda şoşma-şoşarlik, qarorni ijro etiş bahonasida manfaat körişni közlaganlar ham uçrab turibdi. Navbatdagi murojaat ham ayni şu mavzuda. 

Toşkent şahri Uçtepa tumani “Oq masjid” mahallasi 3-tor çevar köçasi aholisi bugun mazkur zamonaviy mahalla loyihasini ijro etuvçi mutasaddilardan rozi emas. Biz vaziyatga xolis baho beriş uçun ular bilan uçraşdik.

Ularning aytişiça, uşbu mahalla guzarini qurayotgan tadbirkorga yer maydoni ajratilayotgan ekan. Lekin mahalla guzarining özi umuman boşqa joyda qurilmoqda. Bu yerni esa tadbirkor özi uçun olayotgani aytildi. 

Mahalla aholisining sözlariga köra, mahalla raisi “Men Prezidentning qarori böyiça guzar qurişim kerak, şu işimni bitirib bersa böldi, meni boşqa narsa qiziqtirmaydi” qabilida bu boradagi murojaatga javob qaytargan. Yer hududi esa mahallaning joyi bölib, ilgari bu yerda boğ bölgan ekan. 

“Bir paytlar mahallaga militsiya punkti quriş kerak deyilganida, biz rozi bölib, şu yerga qura qolsin militsiya punktini, deganmiz. Avvalgi rais şuni qurgan. Endi bu punktni guzarga köçiramiz va şu yerni tadbirkorga beramiz, deyişayapti. Tadbirkor sartaroşxona, boşqa narsalar quraman, degan. Lekin u öz oğzi bilan menga u narsa kerak emas, bu yerda uçastka quraman, deyapti. Bu masalani tuman hokimiga aytganmiz. U “men bu narsaga aralaşmayman” degan, sababi hokimning özi şu mahalladan çiqqan. “Men aralaşa olmayman, sizlar ham mahalladoşimsizlar, u ham, hal qilinglar”, deb örinbosariga bu borada topşiriq bergan. Biroq örinbosar ham, Uçtepa mahallalar jamğarmasining raisi ham, bu yerdagi mahalla raisi ham muammoni hal qilmayapti. Maqsad – şu yerni oliş. Boşqa heç narsa ularni qiziqtirmayapti. Biz Prezident portaliga yozdik, ammo haligaça javobi yöq”, - deydi mahallada istiqomat qiluvçi fuqarolardan biri.

Fuqarolarning aytişiça, uşbu yer hududi atrofida 8 ta xonadon bölib, ularda 17 oila, 60 kişi yaşaydi.