AQŞ bojxona va immigratsiya nazorati xizmati (ICE) özbekistonlik uç nafar muhojirni qidiruvga berdi, ular odam savdosi va firibgarlikda ayblanmoqda. Bu haqda Forumdaily.com xabar bergan.

Ular orasida 32 yoşli Rustamjon Şukurov, 35 yoşli Sanjar A'zamov va 30 yoşli Nodir Yunusov bor, deyiladi mahkama saytida.

2005 yilning iyunida ICE va AQŞ içki xavfsizlik Departamenti Özbekistonning bir neça fuqarolari va noqonuniy muhojirlarni majburiy işga joylaştiriş bilan şuğullangan Giant Labor Solutions kompaniyasiga nisbatan suriştiruv işlarini boşlagan. 

AQŞ maxsus xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvçi idoralari 4 yil davomida GLS faoliyatini kuzatib borgan.

Natijada 2009 yilning mayida kompaniyaga mehnatga majburlaş va xorijliklar bilan mehnat şartnomalarida firibgarlik qiliş böyiça ayblov e'lon qilindi.

Öşanda taşkilotning köplab a'zolari qölga olindi, odamfuruşlarning 40 dan ortiq qurbonlari Kanzas-Siti va Sent-Luis, Missurida qutqarildi. Biroq, GLS’ning ba'zi a'zolari qoçişning uddasidan çiqişdi, ular orasida Sanjar A'zamov, Nodir Yunusov va Rustamjon Şukurov ham bölgan.

2010 yilning yanvarida sud GLS a'zolariga nisbatan majburiy mehnatga aloqador 59 band va xorijliklar bilan mehnat şartnomalaridagi firibgarlikning 20 holati böyiça ayblov qarorini çiqardi.