Inson qandaydir ma'lum bir muvaffaqiyatga erişsa uni qutlagan ma'qul. Sababi, maşoyixlar bejiz: “Har narsadan yaxşi gumonda böling” demaganlar.
Andijon tibbiyot institutida ötkazilgan test sinovlarida bir abituriyentning eng yuqori - 306,9 ball töplaganini eşitib, talaba maqomiga ega bölgan öşa yigit kim ekani va imtihonlarga qanday tayyorgarlik körgani bilan qiziqdik.
Boburbek Madrahimov - oddiygina qişloq yigiti. Andijon viloyatining Izboskan tumani Yuqori mahallasida yaşaydi. Tibbiyotçilar oilasida tuğilgan. Otasi Ravşanbek - urolog, onasi Hamidaxon - doya.
U 2013 yili tibbiyot instituti qoşidagi akademik litseyni bitirgan.
“Litseyni tugatganimdan söng yillar davomida öqişga kirişga harakat qildim, tayyorlov kurslarida ham rosa şuğullanganman. Şundan söng harbiy xizmatni Surxondaryoning Sariosiyo tumanida ötadim va tegişli imtiyozga ega böldim. Ötgan yili mazkur institutga kiriş ballarim ozgina yetmay qolib, universitetning biologiya fakultetida öqişni tavsiya qilişganida xohlamaganman. Sababi, maqsadim tibbiyot xodimi böliş edi. Bir yil davomida Andijon davlat universitetining yetakçi pedagoglari yordamida bilimimni yanada mustahkamlab, bu yilgi test sinovlarida 203.5 ball natijasiga erişibman. Harbiy imtiyozga ega abituriyent sifatida menga töplagan ballarimning 50 foizi ham taqdim qilindi. Akademik litsey, tayyorlov kurslari va ustozlardan olgan bilimim orqali 203 ball töplaganim mehnatlarim samarasi deb bilaman”, - deydi Boburbek.


Bu yili Oliy öquv yurtlarida joriy yilgi test sinovlariga katta tayyorgarlik körilib, sinovlarni har tomonlama şaffof ötkazişga harakat qilindi. Jumladan, Andijon tibbiyot institutida ham test imtihonlariga mas'uliyat bilan yondaşilgan.
Biz Boburbek Madrahimovni talaba bölgani bilan tabriklaymiz.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
















